15.01.2026 13:10
Hurmatli mijozlar!

Shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kengashining 2026-yil 15-yanvardagi 1/1-sonli qaroriga ko‘ra, "Yangi Bank" jamiyatining bank faoliyatini yuritish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olindi.

Uch kun ichida mablag‘larni qaytarish va boshqa kreditorlik qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha arizalarni topshirish tartibi haqida batafsil rasmiy ma’lumot e’lon qilinadi.

Ushbu qaror tartibga soluvchi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni, jumladan kapitalni shakllantirishga oid qoidabuzarliklarni bartaraf etish imkonsizligi, ustav kapitali boʻyicha qonunda belgilangan minimal talablarga hamda banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning ayrim talablariga rioya etilmaganligi sababli qabul qilingan.

Bank uchun tugatish komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Bundan keyingi barcha tartib-taomillar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, shu jumladan "O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi, "Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida"gi qonunlar talablariga qat’iy muvofiq holda amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar kelib tushishi bilan mijozlarga yetkaziladi. Faqat ushbu kanaldagi rasmiy xabarlarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.
👎 27
😢 17
11
😱 4
🤣 4
🌭 2
138 240 16K

Обсуждение 138

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Y

Yangi bank

6.8K
Yangi bank Tugatish komissiyasi.

Tugatish komissiyasining rasmiy sahifasi: www.yangi.uz
Открыть в Telegram