Ichki senzura haqida
Blog yuritish oson emas. Ayniqsa, seni ko‘pchilik o‘qisa, o‘qiganda ham har bir gapingni o‘ta jiddiy qabul qilishsa va sening o‘zing ham so‘z mas’uliyati uchun o‘zingga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lsang, unda
yetti marta emas, yetmish marta o‘ylanasan. Kimdir tahrirla demaydi, eng avvalo o‘zingni o‘zing nazorat qilib turasan.
Masalan, yuqoridagi rasmlarda Kannavaro haqidagi postning
birinchi versiyasi hamda
eng oxirgi versiyasini ko‘rib turibsiz. Boshida yozgan postimdan keyin, bir qancha o‘zgarishlar kiritdim.
1️⃣ eng avvalo, bora olmaganlar uchun matbuot anjumani
videosiga havola qo‘shib qo‘ydim;
2️⃣ dastlab shunchaki havolani ulashgandim, keyin davomidan
«yaxshi gaplar aytibdi» deb qo‘shdim;
3️⃣ keyin o‘ylab qoldim, o‘zim matbuot anjumanini to‘liq ko‘rmadim-ku, ayrim parchalarini ko‘rdim xolos, balki
hamma aytgan gaplari ham yaxshi emasdir. So‘ngra «yaxshi» so‘zini «qiziq» deb o‘zgartirdim, ya’ni
«qiziq gaplar aytibdi» deb yozdim;
4️⃣ keyin
«o‘lay agar, bugun matbuot anjumani borligini bilmasdim» degan joyimda, «o‘lay agar» degan ibora o‘zimga yoqmay qoldi. Buni
«qasam ichaman» deb o‘zgartirdim;
5️⃣ keyin
«bilganimda ham bormasdim, boshqa muhim ishlarim bor edi» degan gapimni olib tashladim. Chunki men buni «bugun oldindan rejalashtirilgan boshqa muhim ishlarim bor edi, baribir bora olmasdim» ma’nosida aytgandim, lekin keyin o‘qib ko‘rsam, bu
kibr va pisand qilmaslik ma’nosida, xuddiki «sen kim bo‘libsanki, matbuot anjumaningga boraman» degandek ma’no chiqibdi. Shunga bu gapni to‘liq olib tashladim;
6️⃣ Muhrimning kanaliga
havola qo‘shib qo‘ydim, olgan rasmim manbasini ko‘rsatish uchun.
Xullas, post qaychilanib, qaychilanib hozirgi holatga keldi😃 «Shoh, shoh deysizlar, biz shohlarga ham osonmas» degandek gap buyog‘i.
Obbo, bir pasdan keyin «o‘zini shohga tenglashtiribdi» deyishmasligi uchun oxirgi iborani ham o‘chirsam kerak🤣🤣🤣
🔘
@xushnudbekuz
Обсуждение 152
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram