#shunchakifikr
Yutqazayotganimiz mayli, o'yinga yarasha natija. Menga boshqa narsa qiziq ko'ringan edi.
Hozir o'ta kuchli yomg'ir ostida, shalabbo bo'lib, yoqimsiz va noqulay ob-havoda futbol o'ynayapmiz. Bu o'yin sifatiga, texnikaga, jismoniy holatga ta'sir qiladi. Shu zarilmi, o'rtoqlik o'yiniga Kanada emas, boshqa jamoa tanlanib, issiqroq joyda o'ynasak bo'lmasmidi, deb o'ylagandim.
Keyin tekshirib ko'rsam, Mexiko Siti shahrida o'tadigan Kolumbiya bilan 1-o'yinimizda ham
yomg'ir ostida o'ynashimiz ehtimoli yuqori ekan. O'zi umuman iyun oyi Meksikada yomg'irli mavsum ekan.
Demak, bugungi o'yin ob-havo nuqtayi nazaridan ham tayyorgarlik ekan.
🔘
@xushnudbekuz
Обсуждение 79
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram