avatar
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
@xushnudbekuz
28.05.2026 08:17
Bugun bir xabar oldim va shu xabar sabab ayrim fikrlarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman.

Harakatda barakat, degani bejiz emas.

Hamma qo‘l siltayversa, hamma yarim yo‘lda to‘xtayversa, unda rivojlanish bo‘lmaydi. Kimdir mas’uliyatni zimmasiga olishi va maqsad sari oxirigacha borishi kerak. Lekin eng qiynaladigani ham o‘sha inson bo‘ladi. Yillab sarson bo‘lishi, boshqalarga yomon ko‘rinishi, asabi, puli, umri sarf bo‘lishi mumkin. Boshida maqsadga erishish juda qiyindek tuyuladi, hammasi imkonsizdek qo‘rquv bo‘ladi. Sizni hech kim eshitmayotgandek, sizni hech kim bir tiyinga olmayotgandek ko‘rinadi. Sizga boshqalar tugul, hatto o‘zingiz ham ishonmaysiz ba’zan.

Ammo hamma tomoshabin bo‘lib turganda, birgina o‘sha inson to‘xtamagani uchun natija bo‘ladi. Jamiyatga foyda keltiradi. Va muammo hal bo‘lgach, g‘alabaga sheriklar ham ko‘payadi. O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozirlar paydo bo‘ladi. Bu ham normal holat, hayot qoidasi shu.

Lekin Alloh ko‘rib turibdi-ku. Kim nima mehnat qilayotgani, kimning niyati qandayligigacha Yaratgan Zot bilib turibdi-ku. Shuning o‘zi yetadi.

Har bir guruhda, har bir jamoada, har bir mahallada hech bo‘lmasa bir nafar mana shunaqa oxirigacha harakat qiladiganlar bo‘lsin. Shunda rivojlanishdan to‘xtab qolmaymiz. Tomoshabinga aylanadigan olomon jamiyatiga aylanib qolishdan Xudo asrasin.

Balki o‘sha bitta inson Siz bo‘larsiz? O‘ylab ko‘ring, Siz shunaqa mashaqqatga tayyormisiz? O‘zingiz uchun emas, jamiyat uchun, boshqalar uchun qiynalishga rozimisiz? Yoki tinchgina tomoshabin bo‘lganingiz qulayroqmi?


🔘 @xushnudbekuz
👍 746
🔥 146
❤‍🔥 69
💯 34
😢 13
🤣 9
🤪 3
79 111 43.7K

Обсуждение 79

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

75.8K
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Открыть в Telegram