avatar
Xushnudbek.uz
@xushnudbek
02.04.2026 18:51
⚽️ LEGO'dan katta sensatsiya: Ronaldu, Messi, Mbappe va Vinisius bitta reklama roligida suratga tushdi

Ko‘pchilik bu videoni navbatdagi sun’iy intellekt (AI) mahsuli deb o‘ylashi tabiiy. Lekin reklama roligini futbolchilar ham o‘zining rasmiy Instagram* sahifalarida ulashdi.

LEGO kompaniyasi JCh-2026 oldidan katta loyiha boshladi. Unga ko‘ra, mashhur futbolchilarning milliy terma jamoa libosida ishlangan maxsus konstruktorlar to‘plami sotuvga chiqadi.

Ushbu loyiha haqida xabar beruvchi reklama roligida to‘rt nafar futbol yulduzi bir stol atrofida yig‘ilib, LEGO‘dan Jahon chempionati kubogini yig‘adi va eng tepasiga hammasi o‘z haykalchasini qo‘yishga urinadi. Ya’ni men chempion bo‘laman, demoqchi. Ammo har safar ular bir-biriga xalaqit beradi. Yakunda esa kichkina bola kelib neytral haykalchani o‘rnatadi.

"LEGO Editions" kolleksiyasi 1-maydan sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Qiziq ma’lumot: Instagramda* Lego kompaniyasi bilan birga Ronaldu, Mbappe, Vinisius hamda FIFAning JCh uchun rasmiy sahifasi kollaboratsiya qilgan. Ammo negadir Messi ushbu kollaboratsiyaga qo‘shilmagan va u videoni bir o‘zi alohida e’lon qilgan. Lekin Messining videosi hozircha beshala profilda chiqqan videodan ko‘proq tomosha qilingan va ko‘proq layk y
iqqan.


��@xushnudbek��
231 43.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xushnudbek.uz

613.8K
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram*.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram