�� Buxoro viloyati Kogon tumanida elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda
ma'lum qilindi.
Unga ko‘ra, mazkur loyihaning qiymati
350 mln dollarni tashkil etib,
500 ta ish oʻrni yaratiladi. Korxonada yiliga
80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqariladi.
Shuningdek:
➖
Buxoro tumanida pirolizni qayta ishlash orqali benzol, toluol, ksilol, pentan, geksan, bitum va kalsiy xlorid ishlab chiqarish boʻyicha
220 mln dollarlik loyihani amalga oshirish;
➖
Qorovulbozor tumanida
85 mln dollarlik loyiha asosida
AI-91 va
AI-92 benzin ishlab chiqarishni kengaytirish;
➖
Kogon tumanida
qogʻoz va
karton mahsulotlari tayyorlashni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan;
➖ Bugun, bundan tashqari,
Qorovulbozor tumanida yiliga
100 ming tonna mineral oʻgʻit,
Kogon tumanida esa
gipsokarton ishlab chiqarishni kengaytirish rejalari ham muhokama qilindi.
��@xushnudbek��
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram