avatar
Xushnudbek.uz
@xushnudbek
01.04.2026 21:29
Xushnudbek.uz Фото: ❗️Uraaa!!! Javohir Sindarov bugun ham g‘alaba qozondi! Fabiano Karuana taslim etildi! FIDE Nomzodlar turnirida ����Javohir uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. U bugungi finalga teng bahsda oq donalarda g‘oliblikka eng asosiy nomzod ����Fabiano Karuanani 36 ta yurishda mag‘lub etdi. Partiya juda chiroyli bo‘ldi, ochig‘ini aytganda Javohir noodatiy kombinatsiyalari bilan raqibini to‘liq tor-mor qildi, desak ham bo‘ladi. Shunday qilib, hamyurtimiz 4 ta turdan keyin 3,5 ochko bilan turnirda yakka peshqadam bo‘lib oldi. ��Barakalla, Javohir! Qoyillarimiz! Ertaga tanaffus, o‘yinlar o‘tkazilmaydi. 5-tur 3-aprel kuni davom etadi. Unda Javohir qora donalarda Hikaru Nakamura bilan o‘ynaydi. Hozircha eyforiyaga berilmaymiz, xotirjamlikni saqlaymiz. Hali turnirda yana 10 ta partiya bor. Lekin o‘z navbatida bu g‘alabalarni qanaqadir sensatsiya, deb ham qabul qilmaymiz, Javohir aslida bu g‘alabalarga qodir formada ekanligiga ishonamiz. Bu qandaydir omad yoki fantastika emas, bu tinimsiz mehnatlar natijasi. Alloh oxirigacha madadkor bo‘lsin! �� @xushnudbek ��
Buyoqda esa Abduqodir Husanov “Manchester City”ning mart oyi uchun eng yaxshi o‘yinchisi deb topilibdi.

E, urug‘ing ko‘paysin, o‘zbek, hamma joyni yondiryapsan-ku!!!

Ma’lumot uchun: Abduqodir “shaharliklar” safiga borib qo‘shilgandan buyon uchinchi bor (2025-yil fevral, 2026-yil yanvar va mart) oy o‘yinchisi deb top
ilmoqda.


�� @xushnudbek ��
243 175K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xushnudbek.uz

613.8K
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram*.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram