avatar
Xushnudbek.uz
@xushnudbek
31.03.2026 18:17
Korzinkadan xarid qilingan maxsus belgili tovarni boshqa joydan arzonroqqa topsangiz, farqi qaytariladi

Korzinka “Narxiga javob” dasturini ishga tushirdi. Endi ushbu katalogdagi maxsus belgi qo‘yilgan tovarni Korzinkadan xarid qilib, ayni shu mahsulotni boshqa sotuvchida arzonroq topsangiz, narxlar o‘rtasidagi farq qaytarib beriladi.

Buning uchun esa Korzinkada olgan fiskal chekingiz va boshqa doʻkondagi narxni tasdiqlovchi hujjatlardan birini (narxnoma surati, skrinshot yoki fiskal chek) sayt yoki ilova orqali yuborishingiz kerak boʻladi. Arizalar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi va oradagi farq tasdiqlansa, u sodiqlik kartangizga ball shaklida oʻtkazib beriladi.

Ha aytgancha, dastur faqat aynan bir xil tovarlarga nisbatan amal qiladi. Shuningdek, boshqa sotuvchilarda aksiya sabab arzonlashtirilgan mahsulotlar bu dastur doirasiga kirmaydi.

Dastur haqida batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin.

Reklama
357 165.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xushnudbek.uz

613.8K
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram*.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram