avatar
Xushnudbek.uz
@xushnudbek
31.03.2026 13:17
❗️Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida issiqxonalar uchun salkam ming gektar joy ajratildi

Bu bo’yicha Prezident qarori (PQ-108, 25.03.2026) qabul qilindi.

Unga ko’ra:

➖ 940 gektar
maydonda joylashadigan “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasining faoliyat yuritish muddati keyinchalik uzaytirish sharti bilan 30 yilni tashkil etadi;

➖ 2026-yil 1-apreldan
boshlab “Surxon-Agro” zonasida yer maydonlarini tekislash va tizimli ravishda agrotexnik ishlov berish hamda irrigatsiya tarmoqlarini sozlash ishlari boshlanadi;

➖ “Surxon-Agro” zonasida faoliyat olib boradigan issiqxona xo’jaliklariga quyidagi imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi:

�� yer uchastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn auksion orqali ijaraga berilganda 5 yil davomida ijara to’lovining nol stavkasi qo’llaniladi;

�� issiqxonalarni sug’orish va texnologik jarayonlar uchun ishlatiladigan oqova va yerosti suvlari uchun to’lovlardan 3 yil
muddatga
ozod etiladi;

�� anomal sovuq ob-havo sharoitlari davrida (Gidrometeorologiya
xizmati agentligining havo harorati keskin pasayishi to’g’risidagi ma’lumotlari asosida)
, istisno tariqasida, belgilangan ekologik talablarga rioya qilgan holda ko’mir yoqishga ruxsat etiladi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, avvalroq Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqxonalar energiya tejamkor va tabiiy-iqlim sharoiti qulay boʻlgan hududlarga bosqichma-bosqich koʻchirilishi aytilgandi.


�� @xushnudbek ��
167 170.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xushnudbek.uz

613.8K
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram*.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram