Kecha Shavkat Mirziyoyevga 2026-yilning birinchi choragida iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ta’minlash hamda jahon bozoridagi beqaror vaziyatning milliy iqtisodiyotga
salbiy ta’sirini kamaytirish yuzasidan axborot berildi.
Yil yakuniga qadar gavjum ko‘chalar, sohilbo‘yi va yo‘lbo‘yi infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun jami
1,2 trillion so‘m, turizm salohiyati yuqori bo‘lgan 150 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun
450 milliard so‘m, 400 ta mahallada 50 ta mikrosanoat markazlarini tashkil qilish uchun
150 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Inflyatsiyani joriy yilda
6-6,5 foiz doirasida saqlab qolish eng muhim vazifalardan biri ekaniga alohida eʼtibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari joriy raqamlar ijobiy boʻlishiga qaramasdan, hech bir rahbar xotirjamlikka berilishi mumkin emasligini taʼkidladi.
��
@xushnudbek ��
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram