❗️
Javohir Sindarov o‘zbek shaxmati uchun tarixiy turnirni g‘alaba bilan boshladi!
Bugundan FIDE Nomzodlar turniri boshlandi. Mazkur turnir g‘olibi jahon toji uchun amaldagi chempion ����
Gukesh bilan kurashish huquqini qo‘lga kiritadi.
O‘zbek shaxmati tarixida ilk marta ushbu turnirda qatnashayotgan ����
Javohir Sindarov ilk partiyada ����
Andrey Yesipenko ustidan g‘alaba qozondi!
Partiya yurtdoshimiz uchun birmuncha qiyin kechdi, hattoki biroz yomonroq vaziyatda edi. Ammo Javohir o‘zining eng asosiy xarakterini, ya’ni agressiv tavakkalchiligini qilishda davom etdi va raqibni xato qilishga majbur etdi. Oxirida atigi 5 soniya vaqti qolganda eng muhim yurishni qilgani ham muxlislar yuragini g‘ulg‘ulaga solib qo‘ygani rost.
Barakalla, Javohir! Dastlabki g‘alaba bilan tabriklayman! Allohim oxirigacha o‘zi qo‘llab-quvvatlasin.
��
@xushnudbek ��
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram