avatar
Xushnudbek.uz
@xushnudbek
27.03.2026 22:03
❗️Abduqodir Husanov "Manchester City"ning mart oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogar

Klubning rasmiy saytida "Oy o‘yinchisi" nominatsiyasi uchun 3 nafar nomzod ovozga qo‘yildi: Abduqodir Husanov, Jeremi Doku va Rodri.

Ovoz berish quyidagi havola orqali bo‘lib o‘tmoqda va 1-aprel kuniga qadar davom etadi. Ovoz berish uchun klub rasmiy saytidan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

“Kayl Uokerdan keyin bunday tezlikni ko‘rmagan edik”

Hamyurtimizning mart oyidagi o‘yini haqida juda iliq fikrlar yozilgan. Jumladan:

ABDUQODIR HUSANOV

Abduqodir Husanov fevralda endigina 22 yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, go‘yo Angliya Premyer ligasida 250 ta o‘yin o‘tkazgan himoyachidek harakat qiladi.

O‘zbekistonlik markaziy himoyachimiz bu mavsumda maydonga tushgan har bir uchrashuvda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va o‘yindan o‘yinga kuchayib borayotgandek tuyuladi.

Uning to‘p uchun kurashdagi vaqtni to‘g‘ri hisoblashi, o‘yinni o‘qiy olishi va xavfni oldini olish qobiliyati ajoyib.

Aynan uning aqlbovar qilmas tezligi himoya chizig‘imiz uchun hayotiy muhim ahamiyat kasb etdi – biz Kayl Uoker ketganidan beri bunday tezlikni ko‘rmagan edik.

U mart oyida Yevropaning eng kuchli hujumkor iqtidorlariga qarshi munosib o‘yin namoyish etdi va u shubhasiz, istiqboli porloq futbolchi.

U yanvar oyida “Etihad”ning “Oy o‘yinchisi” sovrinini qo‘lga kiritgandi – mart oyida ham bu natijani takrorlay olarmika
n?

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2025-yilning fevral oyida hamda 2026-yilning yanvar oyida “Oy o‘yinchisi” deya topilgan edi.


�� @xushnudbek ��
201 215.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xushnudbek.uz

613.8K
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram*.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram