Anadolu Isuzu SamAuto’ga $160 mln investitsiya kiritmoqda: 2030-yilgacha nimalar o‘zgaradi?
2026-yilda SamAuto zavodi tashkil etilganining 30 yilligi nishonlanmoqda. Yillar davomida zavod mamlakatning asosiy ishlab chiqaruvchilaridan biriga aylandi: bugun O‘zbekistondagi har 5 tijorat avtomobili aynan ushbu korxonada ishlab chiqariladi.
2025-yilda SamAuto’dagi davlat ulushini Turkiyaning Anadolu Isuzu kompaniyasi sotib oldi. Investor savdo hajmini 2,5 baravarga oshirishni rejalashtirgan.
Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari:
�� Elektrlashtirish va ekologik standartlar. SamAuto hozirda katta sig‘imli, past polli elektrobus loyihasi ustida ishlamoqda.
�� Mahalliylashtirish. Mahalliylashtirish darajasining oshishi tannarxni pasaytirish, logistikani soddalashtirish va mahsulot narxini valyuta tebranishlaridan himoya qilish imkonini beradi.
�� Xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish. Butun O‘zbekiston bo‘ylab servis markazlari tarmog‘ining kengayishi mijozlar uchun texnik to‘xtalishlar vaqtini minimallashtiradi.
�� Eksport. SamAuto Anadolu Isuzu’ning 40 ta mamlakat bozorini qamrab olgan xalqaro eksport tarmog‘iga chiqish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Brend tarixi va kelajakdagi rejalar haqida yubiley filmda ko‘rishingiz mumkin.
Reklama
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram