�� O’zbekistonlik 11 yoshli qiz Britain’s Got Talent shousida qatnashdi
Yasmina Husniddinova ����Buyuk Britaniya iste’dodlar shousida ishtirok etgan ilk ����o’zbekistonlik
bo’ldi. Ma’lumotlarga ko’ra, uning Buyuk Britaniyaga borish-kelishi va boshqa barcha zarur xarajatlari
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tomonidan qoplab
berilgan.
U o’z chiqishida “Eng buyuk shoumen” filmidagi
“Never Enough” qo’shig’ini kuylab, barchani lol qoldirdi. Hamyurtimizning ijrosiga
to’rtala hakam ham bir ovozdan
“Ha” deyishdi. Endilikda u shouning bosh sovrini uchun kurashni davom ettiradi.
ℹ️
Ma’lumot uchun, Yasmina Husniddinova 2024-yilda
“Ovoz. Bolalar” loyihasida uchinchi o‘rinni egallagan, 2025-yilda esa ����Italiyada o‘tkazilgan
Sanremo Junior 2025
tanlovining Gran-pri sohibasi bo’lgan.
Barakalla, Yasmina! Ota-onang va ustozlaringga rahmat!��
��
@xushnudbek ��
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram