�� Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyev bu bo’yicha taqdimot bilan
tanishdi.
Unga ko’ra:
➖ Islomiy moliya xizmatlarini koʻrsatuvchi
banklarda ham alohida
kengashlar tuziladi. Ushbu kengashlar standartlar ishlab chiqish, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda koʻmaklashish, bahsli masalalarga izoh berish, shartnomalar va ichki hujjatlarni koʻrib chiqish, muvofiqlik ustidan nazoratni taʼminlash bilan shugʻullanadi;
➖ Joriy yilda
kamida bitta tijorat bankida
islomiy “darcha” faoliyatini yoʻlga qoʻyish,
2026-2030-yillarda esa toʻliq islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi
ikkita bank tashkil etish rejalashtirilgan;
➖ O’zbekistonda quyidagi islomiy moliya instrumentlarini joriy qilish nazarda tutilmoqda:
�� tovarni nasiyaga sotish orqali mijozni moliyalashtirish –
murobaha;
�� foydani taqsimlash sharti asosida mijozni moliyalashtirish yoki pul mablagʻlarini jalb etish –
muzoraba;
�� vakillik shartnomasi orqali pul mablagʻlarini berish yoki jalb etish –
vakala;
�� tovarlar uchun oldindan haq toʻlash orqali moliyalashtirish –
salam va
istisno;
�� birgalikdagi faoliyat orqali mijozni moliyalashtirish –
mushoraka;
�� mol-mulkni islomiy ijaraga berish kabi operatsiyalar;
➖ Bunda sotilgan tovar ustamasiga
QQS hisoblanmasligi, investitsiyaviy omonatdan olingan daromad
soliqdan ozod qilinishi, islomiy ijara shartnomalari
moliyaviy ijara va lizingga tenglashtirilishi belgilanmoqda.
��@xushnudbek��
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram