⛲ Yangi Toshkentda 232 metr balandlikka suv ota oladigan super favvora quriladi
Shavkat Mirziyoyev ushbu favvora loyihasi bilan
tanishdi.
Unga ko‘ra:
➖ Musiqali favvora majmuasining umumiy maydoni
8 gektardan iborat bo‘ladi. Suv yuzasi
6,3 gektarni tashkil etadi, unda
1,5 gektar maydonda suv, musiqa va yorugʻlik uygʻunligidagi shoularni oʻtkazish imkonini beradigan
favvora barpo etiladi;
➖ Majmua tarkibida suvni
232 metr balandlikkacha ota oladigan super favvora, diametri
100 metrli suzuvchi platforma boʻladi;
➖ Favvora radiusi
185 metr boʻlgan,
360 darajali suv ekranini hosil qilish hamda uning yuzasida turli tasvirlarni proyeksiya qilishga qodir boʻladi;
➖ Shuningdek, yuqori quvvatli
lazer nurlari, dinamik suv kompozitsiyalari va turli
vizual effektlardan foydalanish rejalashtirilgan. Nasos, elektr, lazerli proyeksiya va boshqa texnik tizimlar yer ostidagi
ikki qavatli inshootda joylashtiriladi;
➖ Ta’kidlanishicha, favvoradagi kinoproyeksiya uchun dunyodagi
birinchi to’liq aylanma suv ekrani (360 gradus / 2 ming 223 metr/kub) o’rnatiladi va bu rekord darajada bo’ladi.
��@xushnudbek��
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram