avatar
Xushnudbek.uz
@xushnudbek
29.01.2026 09:05
❗️Endi chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga B1 daraja bilan ham hujjat topshirsa bo‘ladi
#abituriyent

Bu bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

✅ Unga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

📜 Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda:

🔹 B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;

🔹 B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, bungacha faqat B2 dan yuqori darajadagi sertifikat uchun xorijiy til blokidagi testlardan 100 foiz ball berilar edi. Endi esa B1 sertifikati uchun ham 75 foizga teng miqdorda ball beriladigan bo’ldi. Bunda fanlar majmuasida chet tili fani birinchi bo’ladimi, ikkinchi bo’ladimi, farqi yo’q.


👉 @xushnudbek 👈
26.7K 1.1M

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xushnudbek.uz

613.8K
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram*.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram