Kontraktdagi talabalar uchun 400 mln so’mlik grant e’lon qildik
Ibrat farzandlari, UzChess, Mutolaa hamda
Ustoz AI loyihalari bilan qiziq kelishuv tuzdik.
Men 1 yil davomida ushbu ijtimoiy loyihalar haqida obunachilarimizga yangiliklar, ma’lumotlar berib boraman. Boshqacha aytganda targ’ib qilaman.
Evaziga esa ulardan
50 nafar ehtiyojmand talabaning kontrakti uchun
8 million so’mdan to’lab berishlarini so’radim.
Shunday qilib, kelishuvimiz miqdori jami
400 million so’mni tashkil qilmoqda.
Qayerdadir men
Ibrat, UzChess, Mutolaa hamda
Ustoz AI loyihalari haqida post qo’yganimni ko’rsangiz, bilingki, buning evaziga kimgadir 8 mln so’m kontrakt to’lab bergan bo’lamiz.
Bizni qo’llab-quvvatlab turasiz, degan umiddamiz.
❗️MUHIM MA’LUMOT: kontrakti to’lanadigan talabalar uchun tez orada MetsenatUz platformasida alohida grant e’lon qilamiz va onlayn arizalar qabul qilishni boshlaymiz. Nomzodlarni tanlashda haqiqatdan ehtiyojmandligi, o’zlashtirishi, erishgan yutuqlari hamda ijtimoiy faolligi inobatga olinadi. Bu haqida qo’shimcha ma’lumot beramiz.
👉
@xushnudbek 👈
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram