WIUT Official
@wiut_official_telegram
#REKTOR_MUNOSABATI
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori Komiljon Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqot yuzasidan munosabati
2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot mamlakatimiz yoshlar siyosatini yanada takomillashtirishda muhim strategik bosqich sifatida baholanishi mumkin. Mazkur muloqot davlat va yoshlar o‘rtasidagi institutsional aloqalarni mustahkamlash, mavjud muammolarni bevosita muhokama qilish hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarni aniq belgilab olish nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etdi.
Uchrashuv davomida ta’lim sifati, yoshlar bandligi, tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda zamonaviy kasb-hunarlarni egallash masalalari keng muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalishlar bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va inson kapitalini rivojlantirishning asosiy harakatlantiruvchi omillar sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar mamlakat taraqqiyotining eng muhim harakatlantiruvchi kuchi ekani alohida ta’kidlandi. Bu yondashuv yoshlarni faqat ijtimoiy qatlam sifatida emas, balki strategik resurs va islohotlarning faol ishtirokchisi sifatida ko‘rishni anglatadi.
Uchrashuvda alohida e’tibor yoshlar tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Xususan, yosh tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlash tizimini kengaytirish, grant va investitsiya mexanizmlarini joriy etish, shuningdek hududlarda yoshlar biznes-inkubatorlari tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Jumladan, oliy ta’lim muassasalarining kamida 5 nafar bitiruvchisini ishga qabul qilgan tadbirkorlarga 10 mlrd so‘mgacha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash berilishi qayd etildi. Bu kabi choralar yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va innovatsion muhitni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, ta’lim tizimi, mehnat bozori va iqtisodiyot o‘rtasidagi mustahkam bog‘liqlikni ta’minlash yoshlar bandligini barqaror hal etishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois ta’lim dasturlarini iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashtirish, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim ulushini oshirish hamda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish ustuvor vazifalardan bo‘lib qolmoqda.
Mazkur ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy raqobatbardoshligini oshirish va zamonaviy mehnat bozoriga samarali integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha tizimli va bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet faoliyatining ustuvor yo‘vazifalaridan biri, bu ta’lim jarayonini real iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashtirish va bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligini kuchaytirishdan iborat.
Shu maqsadda, universitetda ta’limning amaliyotga yo‘naltirilgan modeli izchil takomillashtirilmoqda. Xususan, Karyera markazi orqali ish beruvchilar bilan hamkorlikning ko‘p bosqichli mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular nafaqat bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga, balki o‘qish jarayonidayoq talabalarni mehnat bozori bilan tanishtirishda xizmat qiladi. Markaz muntazam ravishda amaliyot, karyera yarmarkalari, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha treninglar va individual kasbga yo‘naltirish xizmatlarini tashkil etadi. Mazkur kompleks yondashuv natijasida bitiruvchilarimizning qariyb 95 foizi o‘qishni tamomlaganidan so‘ng 6 oy ichida ish bilan ta’minlanadi.
Batafsil

🔥 35
❤ 23
❤🔥 13
👍 9
😱 1
20 5.6K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram