Biz boshladik — va bu juda samarali boshlandi!
26-aprel kuni Seul shahridagi LAZZAT Restaurantda yangi ilmiy loyihamizning ilk uchrashuvi muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuv davomida ishtirokchilar tajribali iqtisodchi-olim, dotsent Valijon To‘raqulov bilan ochiq seminar va samimiy muloqotda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Seminar juda jonli va foydali muhokamalar bilan boy bo‘ldi.
Asosiy mavzular:
• Koreyada o‘qish, ish va ilmiy faoliyatni muvozanatlash
• Magistratura va PhD tanlovi — to‘g‘ri qaror qanday qilinadi?
• Ilmiy darajaning bugungi mehnat bozoridagi ahamiyati
• Akademik yo‘lni muvaffaqiyatli karyera bilan uyg‘unlashtirish
✨ Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, real tajribaga asoslangan maslahatlar bilan boyishdi.
Eng muhimi — bu uchrashuv ilm yo‘lini tanlagan yoshlar uchun yangi motivatsiya va yo‘nalish berdi.
Bu hali boshlanishi! Oldinda yanada qiziqarli va foydali uchrashuvlar kutmoqda.
Instagram* | Telegram | YouTube | Facebook*
Обсуждение 3
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram