avatar
Telegramdagi Hamyon yangiliklari
@wallet_news_uz
31.03.2026 15:17
ETF bilan ta’minlangan tokenlar nima?

Oldingi postlarda biz aksiyalar bilan ta’minlangan tokenlar va dividendlar haqida gapirgandik. Endi esa yana bir muhim instrument — fondlar bilan ta’minlangan tokenlar haqida gaplashamiz.

Ingliz tilida ular Exchange-Traded Funds yoki qisqacha ETF deb ataladi.

Kripto Hamyonda ular oddiygina “Fondlar” deb nomlanadi.


ETF qanday ishlaydi?
ETF — bu bir g‘oya asosida birlashtirilgan qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa aktivlar portfeli:
• soha (texnologiya, energetika, sog‘liqni saqlash)
• mamlakat
• yoki bozor yo‘nalishi

Bitta fondni sotib olganingizda, siz birdaniga o‘nlab yoki hatto yuzlab aktivlarga ega bo‘lasiz.

️ Ayrim aksiyalar narxi tushsa ham, boshqa kompaniyalar hisobiga fondning umumiy qiymati o‘sishi mumkin.


Ba’zi fondlar indekslarni takrorlaydi, masalan, S&P 500. Aslida indeks bozor holatini ko‘rsatadi, ETF esa uni qulay investitsiya instrumentiga aylantiradi.

Klassik ETFdan farqi nimada?
ETF bilan ta’minlangan tokenlar — bu real fondlarga 1:1 nisbatda bog‘langan kripto-aktivlardir.

Ular:
• taqsimlangan reyestrda (blokcheynda) chiqariladi
• fond tarkibini to‘liq takrorlaydi
• uning dinamikasini real vaqt rejimida aks ettiradi

Xususiyatlari:
• 1 USD dan boshlash mumkin
• savdo 24/5 rejimida ochiq
• yil oxirigacha komissiyasiz

Nega bu qulay?
ETF bilan ta’minlangan tokenlar investitsiyani yanada sodda va ommabop qiladi:
• bitta aktiv — darhol diversifikatsiyalangan portfel
• kichik summalarda ham sotib olish mumkin
• to‘g‘ridan-to‘g‘ri Telegram ichida foydalanish


Yopiq pilot dasturi doirasida fondlarga kirish huquqini olish uchun:
kutish ro‘yxatiga qo‘shiling
• navbatdagi shaxsiy raqamingizni oling
• shaxsiy havolangiz orqali do‘stlaringizni taklif qilib ro‘yxatda yuqoriga ko‘ting

FAQ

Kripto-aktivlarga investitsiya qilish xavflarni o‘z ichiga olishi mumkin. Aksiyalar bilan ta’minlangan tokenlar aksiyadorlik huquqlarini bermaydi. Kripto Hamyon O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlar muomalasi sohasida rasmiy litsenziya asosida faoliyat yuritadi.

Hamjamiyat | X | Qo’llab-quvvatlash
3
4 5.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Telegramdagi Hamyon yangiliklari

11.5K
Kripto Hamyon – kriptovalyutalarni sotib olish, saqlash va yuborish uchun qulay va xavfsiz xizmat.

Крипто Кошелёк – удобный и безопасный сервис для покупки, хранения и управления криптоактивами.

Qo'llab-quvvatlash xizmati @wallet_supportbot
Открыть в Telegram