Hamyonda qaysi fondlar allaqachon mavjud?
(Перевод на русский — в комментариях)
Bugun Hamyonda mavjud bo‘lgan fondlar bilan ta’minlangan tokenlar haqida qisqacha gapirib beramiz:
• SPDR S&P 500. S&P 500 indeksini takrorlaydi. AQShning eng yirik kompaniyalari (Apple, Microsoft va boshqalar). Uzoq muddatli investitsiyalar uchun asos.
• Invesco QQQ. Texnologik kompaniyalarga yo‘naltirilgan (NASDAQ). IT va innovatsiyalar o‘sishiga ishonadiganlar uchun mos.
• ProShares UltraPro QQQ. QQQ’ning kuchaytirilgan versiyasi. Harakatlar kuchliroq — ham yuqoriga, ham pastga. Risk darajasi yuqoriroq.
• Invesco Short Term Treasury. AQShning qisqa muddatli davlat obligatsiyalari. Nisbatan barqaror, kamroq tebranishga ega instrument.
• Vanguard Total Stock Market. Deyarli butun AQSh bozorini qamrab oladi: katta va kichik kompaniyalar. Bitta aktivda maksimal keng qamrov.
• Russell 2000. AQShning kichik kompaniyalari. Ko‘pincha tezroq o‘sadi, lekin risk ham yuqoriroq.
• iShares Core MSCI Emerging Markets. Rivojlanayotgan bozorlar: Xitoy, Hindiston, Braziliya va boshqalar. Yangi iqtisodiyotlar o‘sishiga stavka.
• Schwab International Equity. AQShdan tashqaridagi kompaniyalar: Yevropa, Osiyo va rivojlangan bozorlar. Diversifikatsiya uchun.
• Global X Copper Miners ETF. Mis qazib oluvchi kompaniyalar. Infratuzilma va texnologiyalar o‘sishi bilan bog‘liq.
Bu shunchaki fondlar ro‘yxati emas — bu sizning o‘sish, barqarorlik va balans uchun tayyor ssenariylaringiz.
Boshlash uchun katta summa shart emas — muhim jihat bu qancha kiritganingiz emas, balki allaqachon boshlaganingizdir.
Yopiq pilot dasturi doirasida fondlarga kirish huquqini olish uchun:
•
kutish ro‘yxatiga qo‘shiling
• navbatdagi shaxsiy raqamingizni oling
• shaxsiy havolangiz orqali do‘stlaringizni taklif qilib ro‘yxatda yuqoriga ko‘ting
FAQ
Kripto-aktivlarga investitsiya qilish xavflarni o‘z ichiga olishi mumkin. Aksiyalar bilan ta’minlangan tokenlar aksiyadorlik huquqlarini bermaydi. Kripto Hamyon O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlar muomalasi sohasida rasmiy litsenziya asosida faoliyat yuritadi.
Hamjamiyat | X | Qo’llab-quvvatlash
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram