Anjirni to'g'ri va sifatli yetishtirish
Anjir yetishtirishda
mo'l hosil olish uchun tuproq tayyorlash, ko'chat ekish, parvarishlash va kasalliklarga qarshi kurash bo'yicha bir qator muhim jarayonlarni to'g'ri tashkil qilish zarur.
Avvalo,
ekishdan oldin yer maydoni tekislanib, unga chirigan go'ng, chirindi, fosforli, kaliyli va azotli o'g'itlar qo'shilib, chuqur haydalishi kerak. Ko'chatlar uchun
50×50 sm o'lchamda chuqur kovlanib, 20–25 sm ustki tuproq qatlami alohida ajratiladi.
Ko'chatlar tayyorlangan
shaltoqqa (mol go'ngi va tuproq 1:1 nisbatda) botirib olinganidan keyin, oldin olingan
tuproq bilan ko'miladi va har bir chuqurga suv quyiladi. Ekish sxemasi
5×4 m bo'lib, mart oyida amalga oshiriladi.
Parvarish jarayonida
anjir tuplari butasimon shakllantiriladi. Bunda asosiy
3–4 ta yirik shox qoldiriladi, qishdan chiqqan
novdalar 1/3 qismiga qisqartiriladi va qalin shoxlar siyraklashtiriladi. Bu yaproqlarga
quyosh nuri va shamolning yaxshi kirib borishiga yordam beradi.
O'g'itlash mevalarning
sifati va hajmini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Anjir tuplariga
250–300 g azotli, 200–220 g fosforli va 180–200 g kaliyli o'g'itlar qo'llash tavsiya qilinadi.
Azot o'g'iti 30–40% kuzda, qolgan qismi aprel va iyul oylarida teng miqdorda solinadi.
Har 2–3 yilda 50–60 kg chirigan go'ng solish hosildorlikka ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Sug'orish tuproq turiga qarab tanlanadi:
bo'z tuproqlarga 6–10 marta, shag'allik yerlarga 10–12 marta suv berish lozim.
Hosilni o'z vaqtida yig'ish sifatli mevalar olishning muhim shartlaridan biri. Mevalar yozning o'rtalarida
pishib yetiladi va navga xos to'q jigarrang rangga kirganda uzish lozim.
Pishib ketgan mevalar vaqtida terib olinmasa, shoxida qurib qolishi mumkin.
Telegram |
Instagram* |
Facebook* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram