🌳
Aholiga xurmo ko‘chatlari tarqatish ishlari boshlandi!
🏦Surxondaryo viloyati Uzun tumanida aholi va dehqon xo‘jaliklarida zamonaviy bog‘lar tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xurmo ko‘chatlarini tarqatish ishlari boshlandi. Uzun tumani hokimi hamda "Agrobank" ATB mas’ul xodimlari ishtirokida rasmiy ekish mavsumiga start berildi.
🌱 Loyiha doirasida hudud aholisi sifatli, iqlim sharoitiga mos va hosildor xurmo ko‘chatlari bilan ta’minlanmoqda.
📌 Tashabbusning asosiy maqsadi:
• Aholi daromadini oshirish
• Tomorqalardan samarali foydalanish
• Yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulot yetishtirish
• Eksport salohiyatini kengaytirish
👨🌾 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ko‘chat ekish, parvarishlash va kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Telegram |
Instagram* |
Facebook* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram