avatar
Uzun Agrostar
@uzunagrostar
17.02.2026 15:55
🇯🇵 Uzun tumanida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish yo‘lida muhim qadam!

📍 Seminar doirasida Uzun tumani hokimiyati binosida xurmo mevasini quritish hamda undan mayiz tayyorlash bo‘yicha taqdimot tashkil etildi. Unda sohada faoliyat yuritayotgan fermer va tadbirkorlarga xalqaro standartlarga mos, eksportbop hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish texnologiyalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

💰 Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Yaponiyada yuqori sifat talablariga javob beradigan quritilgan xurmo uchun talab yuqori. Bu esa xom mahsulotni emas, balki qayta ishlangan holda sotish daromadni bir necha barobar oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.

🏛 Uzun tumani hokimi o‘z nutqida tumanning xurmochilikka ixtisoslashgani, aholi ko‘p yillardan buyon xurmo yetishtirib kelayotgani, ammo bu kabi zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil ekanligini ta'kidlab o'tdi.

❓ Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.

Telegram | Instagram* | Facebook* |
YouTube
1
👍 1
21 3.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Uzun Agrostar

248
Xurmo va anjir mevalarini yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan kompaniya.

Manzil: Uzun tumani

Aloqa markazi: 1319
Открыть в Telegram