05.08.2026 08:03
Samarkand-2028 giperspektral sun’iy yo‘ldoshi 5-avgust kuni orbitaga muvaffaqiyatli uchirildi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda "Samarkand-2028" missiyasi yuzasidan turli talqindagi fikrlar tarqalmoqda. Xususan, ayrim manbalarda ushbu loyiha "O‘zbekistonning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchirildi" degan mazmunda yoritilmoqda.

"Samarkand-2028" O‘zbekistonning milliy sun’iy yo‘ldoshi emas. U Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi tomonidan yaratilgan Yerni masofadan zondlashga mo‘ljallangan giperspektral sun’iy yo‘ldosh bo‘lib, loyiha "O‘zbekkosmos" agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Mazkur missiyaning eng muhim va tarixiy jihati shundaki, STAR.VISION kompaniyasining xalqaro loyihalari tarixida ilk bor "O‘zbekkosmos" agentligi muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt moduli sun’iy yo‘ldoshning bort tizimiga integratsiya qilindi.

Bu oddiy dasturiy ta’minot emas. Sun’iy intellekt moduli sun’iy yo‘ldosh tomonidan olingan tasvir va ma’lumotlarni Yerga uzatilishidan oldin bevosita orbitaning o‘zida qayta ishlaydi. Natijada uzatiladigan ma’lumotlar hajmi kamayadi, kerakli axborot tezkor olinadi va keyingi tahlil jarayonlari samaradorligi sezilarli darajada oshadi.

Shu ma’noda, O‘zbekiston ushbu loyihada ma’lumotlardan foydalanuvchi yoki kuzatuvchi sifatida emas, balki missiyaning muhim texnologik yechimlaridan birini yaratgan hamkor sifatida ishtirok etdi. Bu esa mamlakatimiz muhandislarining salohiyati xalqaro miqyosda e’tirof etilganidan dalolat beradi.

Sun’iy yo‘ldoshga "Samarkand-2028" deb nomlanishi ramziy ma’noga ega. 2025-yilda Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro astronavtika kongressida "O‘zbekkosmos" agentligi tashabbusi bilan Samarqand shahri 2028-yilda o‘tkaziladigan 79-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC) mezboni etib saylangan edi. Mazkur tarixiy voqea nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun katta yutuq bo‘ldi. Aynan shu sababli sun’iy yo‘ldoshga "Samarkand-2028" nomi berildi.

"Samarkand-2028" bu – O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi yirik xalqaro kosmik loyiha bo‘lib, unda o‘zbekistonlik muhandislar ishlab chiqqan sun’iy intellekt moduli ilk bor xalqaro sun’iy yo‘ldosh missiyasida qo‘llanildi.

Bu O‘zbekiston kosmik sanoati rivojida muhim bosqichdir. Chunki mamlakatimiz ilk bor xalqaro kosmik loyihada yuqori texnologik yechim yaratuvchisi sifatida ishtirok etdi. Aynan shu tajriba kelgusida milliy sun’iy yo‘ldosh dasturlarini, jumladan, o‘zbekistonlik muhandislar tomonidan ishlab chiqilayotgan "Mirzo Ulug‘bek" ilmiy sun’iy yo‘ldoshi loyihasini amalga oshirish uchun muhim ilmiy va muhandislik poydevorini yaratadi.

Instagram*
LinkedIn
Telegram
Youtube
Facebook*
X (Twitter)
🎉 12
4
👍 4
😱 3
👏 2
78 2.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Uzcosmos

2K
Uzcosmos agentligining rasmiy telegram kanali

Официальный Telegram-канал агентства Uzcosmos

+998 55 502-50-22

Наш вебсайт: http://uzspace.uz

Наш инстаграм*: https://www.instagram*.com/uzcosmos.uz?igsh=ZGdiYjUzMHZiOTdv

Facebook* страница: https://www.fac
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram