avatar
Uzcosmos
Переслано от канала
05.06.2026 10:44
AT sohasida xotin-qizlarning rolini oshirish maqsadida "GAP" ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi tashkil etiladi

AT sohasiga qiziqadigan xotin-qizlar uchun tashkil etilayotgan ushbu uchrashuvda AT sohasidagi imkoniyatlar, jumladan, IT Park Uzbekistan huzuridagi Inklyuziv loyihalarni va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan “Sabriya” loyihasi, xalqaro ta’lim grantlari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga ariza topshirish jarayoni va unda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun zarur ko‘nikmalar haqida so‘z boradi.

Tadbir davomida ishtirokchilar:

– soha mutaxassislaridan foydali tavsiyalar va ilhomlantiruvchi tajribalarni tinglash;
– “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali grant yutib, xorijda ta’lim olgan tengdoshlarining shaxsiy tajribasi bilan tanishish;
– ta’lim, karyera va shaxsiy rivojlanish yo‘lida yangi imkoniyatlarni kashf etish imkoniga ega bo‘ladilar.


🎁 Shuningdek, tadbir davomida interaktiv sessiya tashkil etilib, faol ishtirok etgan qatnashchilar esdalik sovrinlarini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Sana: 12-iyun
Vaqt: 14:30

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/7WeGikFRoPXLV5vQ9

AT sohasiga qiziqadigan, o‘z bilim va salohiyatini rivojlantirishni istagan barcha xotin-qizlarni tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz!

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | LinkedIn | X
7 637
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Uzcosmos

1.8K
Uzcosmos agentligining rasmiy telegram kanali

Официальный Telegram-канал агентства Uzcosmos

+998 55 502-50-22
Открыть в Telegram