avatar
UzCERT Live
@uzcert_live
23.06.2026 05:01
Sun’iy intellekt endi zaifliklarni o‘zi topib, o‘zi bartaraf etadimi? OpenAI GPT-5.5-Cyber bilan tanishing!

Sun’iy intellekt texnologiyalari kiberxavfsizlik sohasida tobora muhim o‘rin egallab borayotgan bir paytda, OpenAI kompaniyasi maxsus kiberxavfsizlik vazifalari uchun ishlab chiqilgan GPT-5.5-Cyber modelining to‘liq versiyasini rasman taqdim etdi. Mazkur model zaifliklarni aniqlash, ekspluatatsiya ehtimolini baholash, xavfsizlik yangilanishini (patch) yaratish hamda aniqlangan muammolarni avtomatik tarzda bartaraf etish imkoniyatlariga ega bo‘lib, himoyaviy kiberxavfsizlik yo‘nalishida muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Yangi model OpenAI tomonidan amalga oshirilayotgan Daybreak tashabbusi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi tashkilotlar va kiberxavfsizlik mutaxassislarini zamonaviy sun’iy intellekt vositalari yordamida kiberxavflardan samaraliroq himoya qilish imkoniyatlari bilan ta’minlashdan iborat.

Batafsil

UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!
🔥 3
👍 2
1
9 671

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

UzCERT Live

2.6K
🧑‍💻 𝘜𝘻𝘊𝘌𝘙𝘛 - 𝘬𝘪𝘣𝘦𝘳𝘹𝘢𝘷𝘧𝘴𝘪𝘻𝘭𝘪𝘬 𝘩𝘰𝘥𝘪𝘴𝘢𝘭𝘢𝘳𝘪𝘨𝘢 𝘤𝘩𝘰𝘳𝘢 𝘬𝘰'𝘳𝘪𝘴𝘩 𝘹𝘪𝘻𝘮𝘢𝘵𝘪𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘳𝘢𝘴𝘮𝘪𝘺 𝘵𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘬𝘢𝘯𝘢𝘭𝘪. 🇺🇿

🌐 Veb-sayt: uzcert.uz

☎️ Tel: 712030023

☎️ Tel: 555021010
Открыть в Telegram