Google Chrome brauzerida 28 ta xavfli zaiflik bartaraf etildi: foydalanuvchilar zudlik bilan yangilanishi tavsiya etiladi!
Google kompaniyasi dunyodagi eng ommabop veb-brauzerlardan biri bo‘lgan
Chrome uchun navbatdagi xavfsizlik yangilanishini taqdim etdi. Mazkur yangilanish doirasida jami
28 ta zaiflik bartaraf etilgan bo‘lib, ularning bir qismi yuqori darajadagi xavf tug‘diruvchi
kritik zaifliklar sifatida baholangan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu zaifliklardan foydalanish orqali kiberjinoyatchilar foydalanuvchi qurilmalarida masofadan turib zararli kodlarni ishga tushirishi, maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi yoki tizim ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishi mumkin edi.
Yangilanish natijasida
Chrome brauzeri Windows va
macOS operatsion tizimlarida
149.0.7827.114/.115,
Linux tizimlarida esa
149.0.7827.114 versiyasiga yangilandi.
Batafsil
UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram