avatar
UzCERT Live
@uzcert_live
11.06.2026 14:04
Ayrim tashkilotlarning kiberxavfsizlik uchun mas’ul mutaxassislari o‘z vazifalarini to‘liq bajarayaptimi?

UZCERT xizmati tomonidan zamonaviy kiberxavfsizlik tahdidlari va zaifliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash hamda tahlil qilish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarini aniqlangan kibertahdidlar va zaifliklar haqida o‘z vaqtida ogohlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Respublikadagi davlat organlari va tashkilotlarining kiberxavfsizlik uchun mas’ul mutaxassislarining korporativ elektron pochta manzillariga aniqlangan kiberxavfsizlik tahdidlari, zaifliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar muntazam ravishda yuborib kelinmoqda.

So‘nggi 20 kun davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, quyidagi holatlar aniqlandi:
64 ta tashkilotda CVE-2023-44487 zaifligi;
53 ta tashkilotda CVE-2021-23017 zaifligi;
32 ta tashkilotda ProFTPD dasturiy ta’minoti bilan bog‘liq zaifliklar;
23 ta tashkilotda CVE-2023-48795 zaifligi;
20 ta tashkilotda CVE-2024-6387 zaifligi;
22 ta tashkilotda CVE-2025-15113 zaiflik;
50 ta tashkilotda zararli dasturlar (viruslar) bilan zararlanish holatlari kuzatildi.


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni 14-moddasiga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari o‘z tasarrufidagi axborot tizimlari hamda axborot resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlashi, shuningdek, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari faoliyatining barqaror ishlashini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.

Qayd etilgan holatlarni inobatga olib, davlat organlari va tashkilotlariga aniqlangan zaifliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, dasturiy ta’minotlarni muntazam yangilab borish hamda kiberxavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish tavsiya etiladi!

UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!
🔥 8
👍 2
💯 2
👏 1
48 1.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

UzCERT Live

2.6K
🧑‍💻 𝘜𝘻𝘊𝘌𝘙𝘛 - 𝘬𝘪𝘣𝘦𝘳𝘹𝘢𝘷𝘧𝘴𝘪𝘻𝘭𝘪𝘬 𝘩𝘰𝘥𝘪𝘴𝘢𝘭𝘢𝘳𝘪𝘨𝘢 𝘤𝘩𝘰𝘳𝘢 𝘬𝘰'𝘳𝘪𝘴𝘩 𝘹𝘪𝘻𝘮𝘢𝘵𝘪𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘳𝘢𝘴𝘮𝘪𝘺 𝘵𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘬𝘢𝘯𝘢𝘭𝘪. 🇺🇿

🌐 Veb-sayt: uzcert.uz

☎️ Tel: 712030023

☎️ Tel: 555021010
Открыть в Telegram