UzCERT Live
@uzcert_live
#diqqat #tezkor
Respublikamizdagi tashkilotlarning barcha mutaxassislari hamda kiberxavfsizlik uchun mas’ul xodimlari diqqatiga!
Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida so‘nggi kunlarda ayrim oliy ta’lim muassasalari va davlat tashkilotlari xodimlariga tegishli korporativ elektron pochta hisoblarining ruxsatsiz egallab olinishi bilan bog‘liq holatlar aniqlanmoqda.
Dastlabki tahlillarga ko‘ra, ushbu holatlar ayrim xodimlarning ishonchliligi tasdiqlanmagan yoki faoliyati noma’lum bo‘lgan internet-resurslarda korporativ elektron pochta manzillari orqali ro‘yxatdan o‘tishi, shuningdek kiberxavfsizlik gigiyenasi talablariga to‘liq rioya qilmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. Natijada tashkilot tomonidan foydalanish uchun taqdim etilgan elektron pochta hisoblari uchinchi shaxslar tomonidan qo‘lga kiritilmoqda.
Aniqlangan holatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ruxsatsiz egallab olingan elektron pochta hisoblaridan foydalanilgan holda Respublika bo‘ylab 50 dan ortiq tashkilotlarga ommaviy tarzda elektron xabarlar yuborilmoqda. Mazkur xabarlarda zararli dasturlar yoki tashkilotlarning axborot infratuzilmasiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan zararli havolalar joylashtirilgan.
Bunday xabarlar tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro yozishmalarga o‘xshash ko‘rinishda yuborilayotganligi sababli foydalanuvchilar tomonidan ishonchli deb qabul qilinishi va natijada zararli havolalarning ochilishi xavfi yuqori bo‘lib qolmoqda.
Tashkilotlarning barcha xodimlari va kiberxavfsizlik uchun mas’ul shaxslari tomonidan amal qilinishi tavsiya etiladigan xavfsizlik choralari:
UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!

1. Elektron pochta tizimlarida SPF, DKIM va DMARC mexanizmlarini joriy etish hamda ularning to‘g‘ri ishlashini muntazam nazorat qilib borish orqali soxta elektron pochta xabarlarining yetkazilish xavfini kamaytirish;
2. Elektron pochta hisoblariga kirish jurnallari (audit loglari)ni muntazam monitoring qilish, shubhali kirish urinishlari yoki noodatiy faollik holatlari aniqlanganda zudlik bilan tegishli choralarni ko‘rish;
3. Operatsion tizimlar, elektron pochta serverlari va pochta mijozlarini muntazam yangilab borish, shuningdek elektron pochta orqali qabul qilingan fayllarning avtomatik ishga tushirilishini cheklash bo‘yicha xavfsizlik sozlamalarini joriy etish;
4. Xodimlar uchun phishing, spear-phishing hamda ijtimoiy muhandislik hujumlaridan himoyalanish bo‘yicha muntazam o‘quv mashg‘ulotlari va xabardorlik tadbirlarini tashkil etish;
5. Elektron pochta orqali kelgan xabarlar tanish tashkilot yoki hamkor nomidan yuborilgan bo‘lsa ham, ularning mazmunini diqqat bilan tekshirish hamda elektron pochta hisoblari buzilishi natijasida hujumchilar ishonchli manzillar nomidan zararli xabarlar yuborishi mumkinligini inobatga olish;
6. Xabarlardagi havolalarni ochishdan oldin ularning haqiqiy manzilini tekshirish, havolaning rasmiy domenga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilish hamda noma’lum yoki shubhali havolalarni ochmaslik;
7. Elektron pochta orqali yuborilgan kutilmagan yoki so‘ralmagan biriktirilgan fayllarni ochmaslik, ayniqsa .exe, .bat, .cmd, .js, .vbs, .scr, .zip, .rar, .7z, .iso va makrosli hujjatlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish hamda fayllarni ochishdan oldin antivirus vositalari orqali tekshirish;
8. Elektron pochta hisoblari va boshqa muhim axborot tizimlari uchun murakkab va noyob parollardan foydalanish, ko‘p faktorli autentifikatsiyani (MFA) joriy etish, shuningdek muhim topshiriqlar, moliyaviy operatsiyalar yoki maxfiy ma’lumotlarni taqdim etishni talab qiluvchi xabarlarning haqiqiyligini qo‘shimcha aloqa kanallari orqali tasdiqlash.
UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!
🔥 8
⚡ 3
👍 2
🤔 1
🤝 1
41 2.8K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram