Turizmda yangi bosqich: loyihalar va imkoniyatlar
“Turistik mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi” davlat muassasasi mamlakatimizda turizm sohasini jadal rivojlantirish, ustuvor loyihalarni amalga oshirish va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida tashkil etildi. Muassasa faoliyati orqali yangi va raqobatbardosh turistik mahsulotlar yaratiladi.
Shu bilan birga, xalqaro tajriba va zamonaviy tendensiyalar asosida turizm xizmatlari diversifikatsiya qilinib, ichki va ziyorat, ekologik, etno, gastronomik, tibbiy hamda ishbilarmonlik turizmi kabi yo‘nalishlar izchil rivojlantiriladi. Bu esa hududlarning turistik salohiyatini oshirishda ahamiyatlidir.
Muassasa aholini ichki sayohatlarga jalb etish, zamonaviy marketing kampaniyalarini yo‘lga qo‘yish va media-kontentlar yaratishga alohida e’tibor qaratadi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ishlari ham izchil olib boriladi.
Natijada, loyiha ofisi turizm sohasini kompleks rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va mamlakatimizning xalqaro turistik bozordagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Facebook* |
Instagram* |
X |
YouTube |
LinkedIn
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram