Turizm infratuzilmasini rivojlantirish yangi bosqichga chiqmoqda
Turizm sohasini zamonaviy va samarali rivojlantirish maqsadida Turizm qo‘mitasi huzurida
“Turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi” davlat muassasasi tashkil etilmoqda.
Muassasa turizm infratuzilmasini tahlil qiladi, xalqaro tajribani joriy etadi va salohiyatli hududlarda master rejalar ishlab chiqadi. Shuningdek, turistik obyektlarni barpo etish, hududlarni obodonlashtirish va qulay investitsiya muhitini shakllantirish, sanitariya holatini yaxshilash orqali mehmonlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratiladi.
Loyiha ofisi sohada yagona yondashuvni ta’minlab, hududiy tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, amalga oshirilayotgan loyihalarni monitoring qiladi va samaradorligini oshiradi. Shuningdek, geodeziya, kartografiya va loyihalashtirish ishlarini kompleks amalga oshirish orqali har bir tashabbus puxta asoslanadi.
Yagona yondashuv, aniq rejalashtirish va xalqaro investitsiyalarni jalb qilish orqali O‘zbekistonda turizm infratuzilmasi yangi bosqichga olib chiqilmoqda.
Facebook* |
Instagram* |
X |
YouTube |
LinkedIn
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram