Turizm obyektlarida xizmat ko‘rsatish sifati oshiriladi hamda sayyohlarga qulayliklar yaratiladi
2026 yil 1 sentyabrdan boshlab:
2030-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekistonga turistlarni jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlardan taklif etiladigan turoperatorlar vakillarining transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarining bir qismi
qoplab beriladi;
mahalliy turoperatorlarning mamlakatimizga xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan xorijdagi targ‘ibot tadbirlari xarajatlarining
25 foizigacha, biroq 500 million so‘mdan oshmagan qismi
qoplab beriladi;
xususiy tadbirkorlarning sayyohlar uchun madaniy-ommaviy va konsert-tomosha hamda madaniy tadbirlarni aniq belgilangan hudud va jadval asosida yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlarini
bir yilgacha muayyan qismini moliyalashtirish tartibi joriy etiladi. Bunda tadbirkorlar tomonidan ushbu tadbirlarni tashkil etishni bosqichma-bosqich o‘zi qoplash sharti bilan moliyalashtirish chegarasi Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi tomonidan belgilanadi.
Facebook* |
Instagram* |
X |
YouTube |
LinkedIn
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram