avatar
Uzbektourism.uz
@uzbektourismofficial
01.05.2026 20:20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va sohada loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori qabul qilindi.

Mazkur Qaror hududlarda turizm infratuzilmasini kompleks rivojlantirish, turizm sohasini loyiha boshqaruvi tizimiga o‘tkazish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Qarorga muvofiq quyidagilar 2026-2027-yillarda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:

turizm va unga yondosh sohalarda 24 mingta yangi ish o‘rni yaratish hamda 16 mingta ish o‘rnini soyadan chiqarish orqali jami 40 mingta ish o‘rnini tashkil etish;

sohani loyihaviy boshqaruv tizimiga o‘tkazish orqali 31 ta turizm obyektini tashkil etish va ularning faoliyatini rivojlantirish;

joylashtirish vositalari sonini 8 250 taga, ulardagi xonalar sonini 95 mingtaga, shundan mehmonxonalar sonini 1 380 taga hamda ulardagi xonalar sonini 45 mingtaga yetkazish.

Facebook* | Instagram* | X | YouTube | LinkedIn
2
20 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Uzbektourism.uz

5.7K
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi

Manzil: Toshkent sh., Yunusobod t., Amir Temur ko‘chasi, 107B.

Sayt: https://gov.uz/oz/uzbektourism

Facebook*: https://www.facebook*.com/motas.uz/

Pochta: info@motach.uz

Tel: +99871 205-06-00
Qisqa raqam: 1163
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram