#taʼziya
Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, professor, taniqli kinoaktyor, rejissyor va pedagog
Abdumannon Ubaydullayev bu yorug‘ olamni tark etdi.
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi marhumning yaqinlari, oila aʼzolari, shogirdlari va jami sanʼat ahliga chuqur taʼziya izhor qiladi. Oxiratlari obod bo‘lsin!
Maʼlumot uchun, Abdumannon Ubaydullayev kinorejissyor Zulfiqor Musoqovning “Vatan” filmidagi roli bilan elga tanilgan bo‘lib, bugunga qadar “Omad”, “So‘nggi lahza”, “Hijron”, “Nazar”, “Yigit yig‘lamasin”, “Aldangan ko‘ngil”, “Mehr” kabi ko‘plab badiiy filmlarda va bir qancha milliy teleseriallarimizda rollar ijro etgan. Ijodkor bugunga qadar O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasida talaba yoshlarga taʼlim berayotgan edi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
Website | Facebook* | Instagram* |Telegram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram