avatar
"O‘zatom" agentligi
@uzatom_info
20.05.2026 15:47
FORISH TUMANIDA FAN VA ATOM FESTIVALINING IKKINCHI KUNI BO‘LIB O‘TDI

2026-yil 20-may kuni Jizzax viloyati Forish tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Fan va atom festivalining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bog‘don va Uchquloch mahallalaridan 7-9-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Bir kun davomida maktab tajribalar, atom sohasidagi yosh mutaxassislar bilan muloqot va kelajak texnologiyalari bilan tanishuv maydoniga aylandi.

Tadbir boshlanishida ishtirokchilar e’tiborini festival doirasida namoyish etilgan robot-it jalb etdi.

Dasturning muhim qismlaridan biri Toshkent shahridagi "MMFI" MTYaU filiali talabalari bilan motivatsion uchrashuv bo‘ldi. “Agar biz bo‘lmasak, kim? Atom sohasini tanlagan talabalar tarixi” mavzusidagi ma’ruza o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va bilimga intilish hamda shaxsiy tanlov insonni yuqori texnologiyalar va ilm-fan sohasiga olib kirishini ko‘rsatdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga “Yer, men sen bilanman” filmi namoyish etildi. Ushbu hujjatli film-sayohat atom energiyasini sayyoramiz haqida g‘amxo‘rlik qilishning zamonaviy va ekologik vositasi sifatida ochib beradi. Kartina ekologik mukofot sovrindoriga aylangan.

Bugun Fan va atom festivali Forish tumanining turli maktablaridan kelgan 150 dan ortiq o‘quvchilarni birlashtirdi. Bolalar ma’ruzachilarga atom texnologiyalari va ularning qo‘llanilishi to‘g‘risida ko‘plab savollar berishdi. Jizzax viloyatida AES qurilmoqda va menimcha, aynan mana shu yoshlar orasidan kelajakda atom sohasi uchun malakali mutaxassislar yetishib chiqadi”, – deya ta’kidladi Forish tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Gavhar Berkinova.


Shuningdek, festival doirasida “O‘zatom” agentligi va Asaxiy Books nashriyot uyi hamkorligida #kelajak_uchun_kitoblar qo‘shma tashabbusi amalga oshirildi.

Mazkur tashabbus maktab o‘quvchilarining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda mumtoz va zamonaviy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Tashabbus doirasida ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq yangi kitoblar taqdim etildi.

Asaxiy uchun yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish va ularni kitobxonlikka jalb etish har doim ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelgan. Fan va atom festivali kabi loyihalar o‘quvchilarda ilm-fanga qiziqish uyg‘otadi va ularning dunyoqarashini kengaytiradi. Biz ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlayotganimizdan mamnunmiz va taqdim etilgan kitoblar bolalar uchun foydali bilim manbaiga aylanishiga ishonamiz
”, – dedi Asaxiy Books bosh direktori Firuz Allayev.


Fan va atom festivali g‘oyalar va innovatsiyalar uchun yangi imkoniyatlarni ochishda, bilim ufqlarini kengaytirishda davom etmoqda. Bunday tashabbuslar yosh avlodning muhim mavzular muhokamasida faol ishtirok etishga tayyorligini, shuningdek, yangi bilim va kashfiyotlarga bo‘lgan intilishini yana bir bor namoyon etmoqda.

O‘zatom | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Bustlar” qoldiring
Оставляйте «бусты
»
9 387

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram