avatar
"O‘zatom" agentligi
@uzatom_info
26.11.2025 04:49
E’LON!

2025-yil 23-dekabr kuni 11:00 da Jizzax viloyati, Forish tumani, Bog‘don aholi punkti, 30-son Madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasida atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari bo‘lib o‘tadi.

AESNING ASOSIY TEXNIK KO‘RSATKICHLARI
Umumiy quvvati: 2110 MVt;

Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish: 16-17 mlrd kVt·soat;

O‘zbekistonning energiya balansidagi ulushi: 12-15%;

Ekspluatatsiya muddati: 60-yil;

Yangi ish o‘rinlari:
- 13 000 nafargacha qurilish davrida;
- 2 000 nafargacha ekspluatatsiya davrida.

O‘zbekiston Respublikasida AES qurilishi loyihasi bosh pudratchisi "Atomstroyeksport" AJ bo‘lib, u atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha dunyoda eng katta eksport shartnomalari portfeliga ega "Rosatom" Davlat korporatsiyasining muhandislik divizioni hisoblanadi.

Loyiha xavfsizlik nuqtayi nazaridan atom enegetikasi sohasida eng ilg‘or texnologiyalardan hisoblangan VVER-1000 hamda RITM-200N reaktorlaridan iborat AES qurilishini ko‘zda tutadi.

QAYTA ALOQA
Loyiha bo‘yicha takliflaringizni quyidagi elektron pochta manzillariga yuborishingiz mumkin:
info@uzatom.uz
direksiyaaes@uzatom.uz   

Jamoatchilik vakillarini va barcha manfaatdor tomonlarni jamoatchilik eshituvlarida faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

O‘zatom | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

“Bustlar” qoldiring
Оставляйте «бусты»
71 3.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram