avatar
"O‘zatom" agentligi
@uzatom_info
24.11.2025 12:57
FORISH TUMANIDA ATOM VIKTORINASI VA AXBOROT-MA’RIFIY SESSIYA BO‘LIB O‘TDI

Jizzax viloyati Forish tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabda yuqori sinf o‘quvchilari uchun Global atom viktorinasi va atom energetikasi masalalariga bag‘ishlangan axborot-ma’rifiy sessiya bo‘lib o‘tdi.

Global atom viktorinasi Forish tumanidagi barcha maktablarning eng kuchli o‘quvchilarini jamladi. Intellektual musobaqada 10-11 sinflarning 100 ga yaqin o‘quvchilari ishtirok etib, yadro fizikasi asoslari, shuningdek, zamonaviy atom sanoati bilan bog‘liq mavzular bo‘yicha savollarga javob berishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchilar maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Dastur Forish tumanidagi turli maktablarning fizika va kimyo fani o‘qituvchilari ishtirokidagi axborot-ma’rifiy sessiya bilan davom etdi.

Sessiya davomida O‘zatom agentligi vakillari agentlik faoliyati, zamonaviy atom energetikasida qo‘llanilayotgan texnologiyalar va O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi haqida so‘zlab berishdi.

Atom elektr stansiyasining mamlakatni barqaror va ekologik toza elektr energiyasi manbai bilan ta’minlashdagi roli, loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida xavfsizlik choralari va loyihalashda mintaqaning iqlim sharoitlarini hisobga olishga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar qurilishning texnik jihatlari, qo‘llaniladigan texnologiyalar va kelajakdagi AESning atrof-muhitga ehtimoliy ta’siri haqida faol savollar berishdi. Agentlik mutaxassislari atom energetikasi va AES qurilishi bilan bog‘liq keng tarqalgan afsonalarni rad etib, berilgan barcha savollarga batafsil javob berishdi.

O‘tkazilgan tadbirlar maktab o‘quvchilarining tabiiy fanlar va yadro fizikasi asoslariga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, atom energetikasining zamonaviy texnologiyalari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, shuningdek, o‘qituvchilarning sohadagi eng so‘nggi yondashuvlar va loyiha yechimlaridan xabardorligini oshirish imkonini berdi.

Tadbir tashkilotchilari: “O‘zatom” agentligi, “Rosatom” DK va Jizzax viloyati hokimligi.
~~
~
В ФАРИШСКОМ РАЙОНЕ ПРОШЛИ АТОМНЫЙ КВИЗ И ИНФОРМАЦИОННО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКАЯ СЕССИЯ

В Специализированной школе Фаришского района Джизакской области прошли Глобальный атомный квиз для старшеклассников и информационно-просветительская сессия, посвященная вопросам атомной энергетики.

Глобальный атомный квиз собрал лучших учеников из всех школ Фаришского района. Около 100 учеников 10-11 классов приняли участие в интеллектуальном соревновании, где отвечали на вопросы по основам ядерной физики, а также по смежным темам. По итогам квиза участники, набравшие наибольшее количество баллов, были награждены специальными призами.

Программа продолжилась информационно-просветительской сессией, к которой присоединились учителя по физике и химии различных школ Фаришского района.

В ходе сессии представители Агентства «Узатом» рассказали о деятельности ведомства, технологиях, применяемых в современной атомной энергетике и проекте строительства АЭС в Узбекистане.

Особое внимание было уделено роли атомной электростанции в обеспечении страны стабильным и экологически чистым источником электроэнергии, мерам безопасности на всех этапах реализации проекта и учету климатических условий региона при проектировании.

Участники активно задавали вопросы о технических аспектах строительства, применяемых технологиях и возможном воздействии будущей АЭС на окружающую среду. Специалисты Агентства развеяли распространенные мифы, связанные с атомной энергетикой и строительством АЭС, а также подробно ответили на все поступившие вопросы.

Проведенные мероприятия позволили укрепить интерес школьников к естественным наукам и основам ядерной физики, расширить их представления о современных технологиях атомной энергетики, а также способствовали повышению осведомленности учителей о новейших подходах и проектных решениях в отрасли.

Организаторы мероприятия: Агентство «Узатом», ГК «Росатом» и хокимият Джизакской области.


O‘zatom | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

“Bustlar” qoldiring
Оставляйте «бусты»
2 663

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram