avatar
UzA / JCH-2026
@uzasport
05.06.2026 14:52
Guruhdagi raqibimiz Portugaliya terma jamoasining JCH-2026 qaydnomasi haqida qiziqarli faktlar:

Termaning o‘rtacha yoshi: ~27

Umumiy transfer qiymati: ~1 milliard yevro (26 futbolchi, o‘rtacha bittasi ~38,5 million yevro) — bu O‘zbekiston tarkibidan deyarli 12 baravar qimmat va turnirda Fransiya, Angliya va Ispaniyadan keyin 4-o‘rindagi eng qimmat tarkib.

Yoshi eng katta futbolchi. Krishtianu Ronaldu ("Al-Nassr") — 1985-yil 5-fevralda tug‘ilgan, ya'ni 41 yoshda.

Yoshi eng kichik futbolchi. João Neves (yarim himoyachi, "PSG") — 2004-yil 27-sentabrda tug‘ilgan, 21 yoshda.

Eng ko‘p gol urgan futbolchi. Krishtianu Ronaldu (sardor, hujumchi) — 143 ta gol, bu erkaklar terma jamoalari tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich.

Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi. Krishtianu Ronaldu — 226 ta o‘yin bilan erkaklar futboli tarixidagi rekordchi. Ya'ni u jamoada bir vaqtning o‘zida eng yoshi katta, eng ko‘p gol va eng ko‘p o‘yin bo‘yicha birinchi o‘rinda.

Jahon chempionatiga doir eng so'nggi yangiliklar: @Uzasport
😁 48
32
7
😭 6
👎 3
52 24.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

UzA / JCH-2026

11.3K
🇺🇿 Oʼzbekiston Milliy axborot agentligining sport yangiliklari kanali

https://wc.uza.uz/
•facebook*.com/uzauz
•instagram*.com/uza.uz
https://www.youtube.com/c/UzAuzb
https://t.me/addlist/AuNWGj8TeEk4MzMy
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram