O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 qaydnomasi haqida qiziqarli faktlar:
Termamizning o‘rtacha yoshi:
28
Umumiy transfer qiymati:
85,33 million yevro
Yoshi eng katta futbolchi.
O‘tkir Yusupov ("Navbahor) - 1991-yil, 4-yanvarda tug‘ilgan, ya’ni 35 yoshda. Himoyachi
Farrux Sayfiyev ham 35 yoshda (1991-yil 17-yanvarda tug‘ilgan), lekin Yusupov undan bir necha kun kattaroq.
Yoshi eng kichik futbolchi.
Behruz Karimov (himoyachi, "Surxon") — 2007-yil 7-avgustda tug‘ilgan, 18 yoshda.
Eng ko‘p gol urgan futbolchi.
Eldor Shomurodov (sardor, hujumchi) — 44 ta gol.
Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi.
Eldor Shomurodov — qaydnomadagi eng tajribali futbolchi bo‘lib, terma jamoa uchun 91 ta o‘yin o‘tkazgan (44 gol bilan). Ya’ni u ham eng ko‘p o‘yin, ham eng ko‘p gol bo‘yicha jamoada birinchi o‘rinda.
Jahon chempionatiga doir eng so'nggi yangiliklar: @Uzasport
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram