Maktabga kitob va kitob javoni sovg‘a qilindi
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, maʼnaviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan navbatdagi xayrli tashabbus amalga oshirildi. Nukus shahridagi 2-sonli maktabga 100 dan ortiq badiiy kitoblar va kitob javonlari topshirildi.
– Ushbu tashabbusda Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati Sarsenbay Qaljanovning xizmatini alohida eʼtirof etish lozim. Albatta, tizimli ravishda amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, – dedi partiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi raisi Tajiboy Romanov
.
MTDP |
Telegram
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram