avatar
"MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
@uz_milliytiklanish
09.04.2026 19:30
Amir Temur g‘oyalari yoshlar uchun dasturulamal

Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Renessans universitetida “Buyuk temuriylar tarixi va madaniy merosining ahamiyati” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tarix va maʼnaviyat bir nuqtada jam bo‘lgan tadbirda Markaziy kengash raisi Alisher Qodirovning payshanba – "Yoshlar kuni" munosabati bilan talabalar ishtirokida ochiq muloqoti ham o'tkazildi.

– Yangi O‘zbekiston yoshlari taʼlim-tarbiyasida, o‘zligini tanishi, halol, adolatli bo‘lishida Amir Temurga ko‘p murojaat qilinayotgani bejiz emas. Bobomizning "Kuch – adolatda" hikmati, davlatchilik siyosati, temuriylar Renessansi, shubhasiz, bugun yoshlarimizni Vatanga, oilaga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda dasturulamal bo‘lib xizmat qilyapti, – dedi Alisher Qodirov so‘zga chiqib.


MTDP | Telegram
👍 28
🔥 4
👏 3
2
8 474

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

"MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️

21.9K
Inson o'zgarsa - jamiyat o'zgaradi

Bizni boshqa tarmoqlarda ham kuzatib boring!

https://taplink.cc/milliytiklanish
Открыть в Telegram