27-iyul — 1-avgust kunlari boʻlib oʻtgan "UstozAI elchilari" oromgohi biz uchun unutilmas va yuqori savol-javoblarga boy taassurotlarga boy boʻldi.
Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng iqtidorli yigit-qizlar zamonaviy kasbiy yoʻnalishdagi jamoalarga boʻlingan holda qizgʻin bellashuvlarda qatnashdik.
Ushbu oromgohda nafaqat oʻzaro tajriba almashdik, balki kreativ yoshlar bilan networking qilib, kelajakdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr yuritdik.
🇺🇿 Shuningdek, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar taʼlimi, sunʼiy intellekt va zamonaviy kasblarni egallashga qaratilayotgan yuksak eʼtibor bizga yanada kuch va ilhom bagʻishlamoqda. Yangi Oʻzbekistonda yoshlarga yaratilayotgan ana shunday keng imkoniyatlar kelgusida oʻzining yuksak mevalarini berishiga qattiq ishonamiz.
Quvonarlisi, bizning "Copywriting" jamoamiz voleybol musobaqasida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Shu oʻrinda, guruhimiz koordinatori Bekmirza Ivanovning tashabbuskorligi, samimiy munosabati va yuqori bilimi barchamizning qalbimizdan chuqur joy olganini alohida eʼtirof etamiz.
Hurmatli Alisher Zafarovich, yoshlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik va ushbu mazmunli oromgoh tashkil etilgani uchun Sizga oʻzimizning cheksiz minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Hurmat bilan, "UstozAI elchilari" oromgohining "Copywriting" jamoasi aʼzosi — Diana Xudayberganova.
8 5.4K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram