Hazorasp tumani: “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida yo‘l qurilishi ishlari davom etmoqda
“
Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi yo‘l qurilish obyektlarida belgilangan ishlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
Loyihalarning umumiy shartnoma qiymati 11 mlrd 930 mln so‘mni tashkil etib, bugungi kunga qadar 6 mlrd 406 mln so‘mlik ishlar bajarildi. Bu umumiy rejaning 54 foiziga teng. Shuningdek, moliyalashtirish hisobiga 3 mlrd 578 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu 30 foizni tashkil qiladi.
Jumladan, Hazorasp tumani “Bog‘irog‘lar” MFYda 12,2 km ichki ko‘chalarni asfaltlash obyekti bo‘yicha shartnoma qiymati 4 mlrd 995 mln so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, tumandagi “Bo‘ston” MFYda 17,8 km ichki ko‘chalarni asfaltlash amalga oshirilib, obyektning shartnoma qiymati 6 mlrd 936 mln so‘mni tashkil etadi.
Hazorasp tumanida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari zamonaviy infratuzilmani yaratishga, transport harakati xavfsizligini ta’minlashga hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Batafsil
🔗 Hazorasp tumani hokimligi matbuot xizmati
Telegram | Facebook* | Instagram* | X | YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram