avatar
UNDP Uzbekistan
Переслано от канала
06.05.2026 17:14
⚡️⚡️⚡️Parkentda ekotizimni asrash va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lida xotin-qizlar va yoshlar faolligi muhokama qilindi

🗓 Bugun Parkent tumanida ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi, ayniqsa, xotin-qizlar hamda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan muhim seminar-trening o‘tkazildi.

🇺🇿 Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi bilan hamkorlikda, Global ekologik jamg‘arma (GEF) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Ekolend” loyihasi doirasida tashkil etildi.

👥 Unda "Sanganak" mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, tuman hokimligi hamda "Ekolend" loyihasi vakillari ishtirok etdi.

✅ Asosiy tahlillar va natijalar:
📊 Tadbirda Parkent tumanining ekologik va iqtisodiy salohiyatini hisobga olgan holda mahalliy aholi o‘rtasida o‘tkazilgan Gender holat va Moliyaviy tahlil natijalari taqdim etildi.

🌿 Muhokamalarda xotin-qizlar hamda yoshlarning:

📌 Yer degradatsiyasini oldini olish;

📌 Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish;

📌 Chorvachilikni barqaror rivojlantirish;

Resurslarni boshqarishdagi o‘rni kabi mavzular atroflicha tahlil qilindi.

💡 Tadbir yakunida ayol fermer va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda zamonaviy agrotexnologiyalar bo‘yicha o‘quv dasturlarini kengaytirish yuzasidan aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.

⛰ Ta’kidlash lozimki, Parkent tumanining so‘lim tabiati nafaqat Toshkent viloyatining, balki butun mamlakatimizning bebaho boyligidir. Ushbu hududda tabiatni asrash va aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan har bir yangi qadam barqaror rivojlanishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook* 🌐Instagram* 🌐Website
🔥 4
2
4 532
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

UNDP Uzbekistan

3.8K
O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining rasmiy kanali

Website: www.undp.org/uzbekistan
Facebook*: facebook*.com/UNDPUzbekistan
Instagram*: instagram*.com/undpuzbekistan
Twitter: twitter.com/UNDP_Uzbekistan
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram