Qabristonlar obodligi — hamjihatlik va ezgu qadriyatlar ifodasi
Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga ko‘ra, qabristonlarni ozoda saqlash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ajdodlar xotirasiga bo‘lgan hurmatning yorqin ifodasidir.
Bugun Shahrisabz shahar hokimi
Sherzod Bo‘riyev Qushxona hududidagi
Xo‘ja Sayidon qabristonida tashkil etilgan xayriya hasharida ishtirok etdi. Hududda olib borilayotgan tozalash, tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.
Shahar hokimi bunday ezgu tashabbuslar barcha mahallalarda ham keng yoyilishi zarurligini ta’kidlab, qabristonlarni hashar yo‘li bilan obod etish xalqimizning birdamligi va hamjihatligini namoyon etishini qayd etdi.
“Hashar — bu birdamlik va hamjihatlik maktabi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan qabristonlarimizni obod qilishni barcha mahallalarda ham yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Shahrisabz bu borada boshqalarga namuna bo‘lishi lozim. Ushbu xayriya hasharida faol ishtirok etgan barcha fuqarolar, tashabbuskorlar hamda tadbir tashkilotchilari — insta-bloger Fazliddin Ibragimov va tadbirkor Nurbek Akbarovga samimiy minnatdorlik bildiraman”, — dedi Sherzod Bo‘riyev.
Qabristonlarni obodonlashtirish bo‘yicha xayriya hasharlari shaharning boshqa mahallalarida ham izchil davom ettiriladi.
Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Gov.uz