23.04.2026 19:09
📢 UDEA’da Respublika ilmiy-amaliy anjumani!

Bugun, 23-aprel kuni, UDEA’da “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Citibank, Agrobank, Openbank hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbarlari, shuningdek, sohaning yetakchi olimlari, ilmiy tadqiqotchilar va faol talabalar ishtirok etdi.

Konferensiya davomida sun’iy intellekt va big data texnologiyalarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish, raqamli to‘lov tizimlarini kengaytirish, shuningdek, kibertahdidlarga qarshi samarali himoya mexanizmlarining iqtisodiy o‘sishga ta’siri kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, UDEA hamda “Agrobank” ATB hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur anjuman ilmiy hamkorlikni kengaytirish, innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish hamda iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasini jadallashtirishga xizmat qiluvchi muhim platforma bo‘ldi.

🎓 UDEA — Biz yorqin kelajakka yo‘llanma beramiz!

Batafsil ma’lumot uchun:
📞 +998 78 888 08 00
📧 info@udea.uz
📍 Boshliq ko’chasi 3, Toshkent
👍 7
4
4
1 8 1.1K

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
U

UDEA

5.5K
University of Digital Economics and Agrotechnologies (UDEA)

🏆 We Guide You to a Brighter Future!

Our contacts:
☎️ +998 78 888 08 00
🌐 udea.uz

📍Boshlik street 3, Yakkasaray district, Tashkent 100022, Uzbekistan

⏳ Monday - Friday | 9:00 - 18:00
Открыть в Telegram