17.04.2026 11:11
UDEA delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan amaliy tashrifi muvaffaqiyatli yakunlandi

Tashrif doirasida muhim xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish yo‘lida qator samarali uchrashuvlar o‘tkazildi. Jumladan, Shinjon qishloq xo‘jaligi universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangach, “Agrobank” ATB vakillari ishtirokida Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Xitoy Qishloq Xo'jaligi Universiteti (CAU) bilan muzokaralar olib borildi.

Xitoy Qishloq Xo'jaligi Universiteti (CAU) bugungi kunda nafaqat Xitoy, balki global miqyosda agrar ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Xususan, nufuzli ARWU hamda U.S. News & World Report xalqaro reytinglariga ko‘ra, universitet qishloq xo‘jaligi fanlari yo‘nalishida dunyoda yuqori pog‘onalardan joy olgan.

O‘tkazilgan muzokaralar yakunida tomonlar quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar:

— o‘zaro anglashuv memorandumini joriy yilning may oyida Toshkent shahrida imzolashga kelishib olindi;
— CAUning tadqiqotlar markazini UDEAda ochishga kelishib olindi;
— qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
— UDEA talabalari uchun CAU bazasida yozgi maktablar tashkil etish;
— talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
— CAUda o‘zbekistonlik fermerlar uchun maxsus o‘quv dasturlarini tashkil etish.

Mazkur kelishuvlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri — fermerlar salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbusdir. UDEA bugungi kunda nafaqat zamonaviy ta’lim maskani, balki mamlakat qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy platforma sifatida faoliyat yuritmoqda.
18
🆒 4
2
😍 1
11 1.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
U

UDEA

5.5K
University of Digital Economics and Agrotechnologies (UDEA)

🏆 We Guide You to a Brighter Future!

Our contacts:
☎️ +998 78 888 08 00
🌐 udea.uz

📍Boshlik street 3, Yakkasaray district, Tashkent 100022, Uzbekistan

⏳ Monday - Friday | 9:00 - 18:00
Открыть в Telegram