14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan UDEA talabalari uchun O‘zbekiston davlat Qurolli Kuchlari muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida talabalar O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining shakllanish yo‘li, harbiy texnika va qurol-aslahalar, shuningdek, yurtimiz tinchligi va mustaqilligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan mard harbiylar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Muzeyda namoyish etilgan tarixiy eksponatlar va hujjatlar talaba-yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirib, Vatan himoyasi naqadar sharafli va mas’uliyatli burch ekanini chuqurroq his etishga undadi.
Mazkur tashrif UDEA talabalari qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va yurt tinchligiga bo‘lgan mas’uliyat hissini yanada mustahkamladi.
Instagram* Facebook* 🌐
Website YouTube Linkedin
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram